Asosiy mazmunga o'tish

“Referendum va yoshlar!” mavzusida yangilanayotgan Konstitutsiya loyihasi bo'yicha huquqiy targ'ibot tadbiri o'tkazildi

159 ko'rildi

Referendum va yoshlar!

Joriy yilning 14-aprel kuni Guliston davlat pedagogika institutining Madaniyat saroyida professor-o'qituvchilar va talabalar ishtirokida “Referendum-2023: Kelajaging uchun ovoz ber!” shiori ostida “Referendum va yoshlar!” mavzusida yangilanayotgan Konstitutsiya loyihasi bo'yicha huquqiy targ'ibot tadbiri o'tkazildi. Tadbirga Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig'i I.Turdiyev ma'ruza qildi. Shundan so'ng Institut Kengashi kotibi X.Mavlankulov so'zga chiqib, yangi qabul qilinayotgan Konstitutsiyamizga kiritilayotgan o'zgarish-qo'shimchalar, yoshlarga, oliygohlarda tahsil olayotgan ayollarga berilayotgan imkoniyat, yaratilayotgan sharoitlar to'g'risida  to'liq va batafsil ma'lumot berdi va barchani referendumda faol ishtirok etishga chaqirdi.

Shu mavzuda