Asosiy mazmunga o'tish

Sirdaryo yoshlar texnoparkida Guliston davlat pedagogika insitutining bir guruh iqtidorli talabalari uchun TEXNOTUR tashkil etildi.

150 ko'rildi

Joriy yilning 13-14 aprel kunlari Sirdaryo yoshlar texnoparkida Guliston davlat pedagogika insitutining bir guruh iqtidorli talabalari uchun TEXNOTUR tashkil etildi. Ushbu Texnotur doirasida Guliston davlat pedagogika insituti talabalariga Yoshlar Texnoparkining ishlash jarayonlari va u yerda yaratilgan imkoniyatlar hamda Yoshlar Texnoparki qoshida tashkil qilingan Robotexnika-Mexotronika kurslari, Castle Academy o'quv kurslari va O-net Academy IT o'quv kurslari haqida to'liq shakilda talaba yoshlarga ma'lumotlar berildi. Bu markazda talabalar bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishi mumkin. Shuningdek, Sirdaryo viloyati Yoshlar Texnoparkida tashkillashtirilgan "INNOX" biznes-inkubatori doirasida yoshlar uchun yaratilgan ajoyib imkoniyatlar haqida batafsil tushuncha berish va ushbu loyihaga iqtidorli yoshlarni jalb qilish maqsadida  talabalar bilan suhbat bo'lib o'tdi. Suhbat davomida loyihalarni to'gri shakillantirish va rivojlantirish hamda hayotga tatbiq etish bilan bo'g'liq ma'lumotlar berib o'tildi.

Shu mavzuda