Talabalar bilan “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati otkazildi
Talabalar bilan “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati otkazildi
Hozirgi vaqtda ko‘z o‘ngimizda dunyoning turli joylarida ro‘y berayotgan iqtisodiy va ijtimoiy, axborot-kommunikatsiya manzarasidagi chuqur o‘zgarishlar, turli jamiyat tortishuvi keskin tus olayotgan bir vaziyatda, barchamizga ayonki, fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidan ko‘ra muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Shunday ekan, bugungi yoshlar ongida ona Vatanga bo‘lgan muhabbat va o‘z dinimizga sadoqat tuyg‘ularini yanada shakillantirishda kelajak avlod ongi va qalbida ma’naviy immunitetni kuchaytirish muhim o‘rin tutmoqda.
Shu bois, joriy yilning 4-oktabr sanasida Guliston davlat pedagogiga instituti faollar zalida va “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi raisi I.Latipov, viloyat hokimining o‘rinbosari I.Muminov, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi Sirdaryo viloyati boshqaruvi raisi H.Yunusov, GulDPI rektori J.Karshibayev, prorektorlar, institut faollari va 200 dan ortiq talabalar ishtirok etishdi.
Shuningdek, talabalar tadbir doirasida tashkil etilgan rasimlar ko‘rgazmasi bilan tanishishdi.
>