Asosiy mazmunga o'tish

“Ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yishda tyutorlarning o‘rni va roli” mavzusida o‘quv-seminari o‘tkazildi

48 ko'rildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 9-avgustdagi 351-sonli buyrug‘i ilovasidagi chora-tadbirlar rejasining 18-bandi ijrosi yuzasidan “Ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yishda tyutorlarning o‘rni va roli” mavzusida o‘quv- seminarlar tashkil etish vazifasi yuklatilgan.

Shu bois, joriy yilning 6-oktabr kuni Guliston davlat pedagogika institutida Хalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi kotibiyat mudiri A.Abduraxmonov, Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor B.Tagayev, institut Kengashi kotibi X.Mavlankulov va tyutorlar ishtirokida o'quv-seminari bo'lib o'tdi. Seminar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Gеrmаniуа Federativ Respublikasi va Qatar davlatlariga tashriflarining mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Shuningdek, talabalar bilan ishlash jarayonida avvalo ular bilan yaqindan taninsh, samimiy suhbat qurish va ularni psixologik holatrini o'rganish lozim ekanligi alohida ta'kidlandi.

>

Shu mavzuda