Talabalar oqshomi: Gulxan atrofida samimiyat, doʻstlik va birlik ramzi
0 ko'rildi

🇺🇿💖 Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Guliston davlat pedagogika instituti Boshlang‘ich tashkiloti tomonidan talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni jamoaviylik va do‘stlik ruhida tarbiyalash maqsadida “Talabalar oqshomi” tadbiri o‘tkazildi.
Kechada talabalar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, kuy va qo‘shiqlar namoyish etildi. Tadbir jarayonida gulxan atrofida yaratilgan iliq muhit barchada ijobiy taassurot qoldirdi.
Tadbir yakunida Boshlang‘ich tashkilot tomonidan tadbirda faol ishtirok etgan yoshlar taqdirlandi.
Mazkur tadbir yoshlarda ijtimoiy faollik, vatanparvarlik, birdamlik va do‘stlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.
Yangiliklardan ortda qolmang.
🔹 Telegram
🔹 Instagram
🔹 Facebook
🔹 Youtube








