Asosiy mazmunga o'tish

Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

161 ko'rildi

                Joriy yilning 19-20-may kunlari Jizzax politexnika institutida “Raqamli energetika tizimini yaratishning istiqbollari, muqobil energiya olishning muammolari va yechimlari - 2023” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
      Mazkur konferensiyada GulDPI pedagogika psixologiya 1-kurs magistrlari M.Abdullayeva, S.Mamarasulov, Sh.Ahmadova, D.Namozov, o‘qituvchilar X.Mamatova, va O.Xayitovlar ishtirok etdi.
     Konferensiya davomida muqobil energiyalarni rivojlantirishning iqtisodiy va ijtimoiy jihatlari,  avtomatik boshqarish jarayonlarini qo‘llash usullari, algoritmlari va dasturiy ta’minoti, sanoat korxonalarida energiya resurslarini tejash usullari, elektr yuritmalarni avtomatik boshqarish tendensiyalari va muammolari kabi ko‘plab dolzarb mavzular taqdimoti muhokama etildi. Barcha ishtirokchilar ma’ruza va maqolalari ilmiy to’plam tarzida nashr etildi.

GulDPI axborot xizmati

Shu mavzuda