Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik: kredit-modul tizimi asosida o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘yicha seminar o‘tkazildi
0 ko'rildi

Guliston davlat pedagogika institutida professor-o‘qituvchilar uchun kredit-modul tizimi asosida o‘quv jarayonini samarali tashkil etishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.
Seminarda yangi o‘quv yilida ta’lim jarayonini belgilangan talablar asosida puxta tashkil etish, professor-o‘qituvchilarning kredit-modul tizimi bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda ta’lim sifati va natijadorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Seminar davomida o‘quv jarayonini rejalashtirish, baholash mezonlarini to‘g‘ri qo‘llash, o‘quv-uslubiy hujjatlarni belgilangan talablar asosida yuritish hamda zamonaviy pedagogik yondashuvlardan samarali foydalanish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Mazkur seminar yangi o‘quv yilida ta’lim jarayonini tizimli, sifatli va yuqori tashkiliy saviyada yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi.








