Asosiy mazmunga o'tish

“Yashil makon” loyihasi doirasida talabalar institut daraxtlarini parvarishladi

“Yashil makon” loyihasi doirasida talabalar institut daraxtlarini parvarishladi

2026-yil 5-may kuni Guliston davlat pedagogika institutining "Pedagogika" fakulteti tyutori U.Abduraxmanov o‘ziga biriktirilgan guruh talaba-yoshlar o‘rtasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng qamrovli obodonlashtirish va parvarishlash ishlarini tashkil etdi.

🔹Tadbir davomida institut hududida avval ekilgan daraxtlarni parvarishlash, ularni sug‘orish, tag qismini yumshatish hamda o‘sishi uchun qulay sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, hududdagi gulzorlar tartibga keltirilib, ekilgan gullarning tagi yumshatildi va begona o‘tlardan tozalash ishlari amalga oshirildi.

Mazkur amaliy ishlar jarayonida talaba-yoshlar faol ishtirok etib, atrof-muhitni asrash, tabiatga mehr bilan munosabatda bo‘lish hamda yashil hududlarni kengaytirishning ahamiyati haqida zarur tushunchalarga ega bo‘ldilar.

Ushbu tadbir yoshlar orasida ekologik madaniyatni shakllantirish va ularni jamoaviy mehnatga jalb etishda muhim ahamiyat kasb etdi.

“Yashil makon” loyihasi doirasida talabalar institut daraxtlarini parvarishladi — 2“Yashil makon” loyihasi doirasida talabalar institut daraxtlarini parvarishladi — 3“Yashil makon” loyihasi doirasida talabalar institut daraxtlarini parvarishladi — 4“Yashil makon” loyihasi doirasida talabalar institut daraxtlarini parvarishladi — 5“Yashil makon” loyihasi doirasida talabalar institut daraxtlarini parvarishladi — 6

Ekofaol talabalar