Amaliy ta’lim va tadqiqot uyg‘unligi

🤩Guliston davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Fizika yo‘nalishi 1/24-guruh talabalari “Elektronika va signallarni qayta ishlash” fanidan laboratoriya mashg‘ulotlarida nazariy bilimlarini amaliy tajribalar bilan mustahkamlamoqda.
Mashg‘ulotlarda elektronika va signallarni qayta ishlash jarayonlarini o‘rganish, tajriba natijalarini tahlil qilish hamda ilmiy asoslangan xulosalar chiqarishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunday amaliy faoliyat talabalarning mustaqil izlanish ko‘nikmalari va tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirib, kasbiy tayyorgarligini mustahkamlamoqda.
Oliy ta’limda laboratoriya klasterini shakllantirish va STEAM yondashuvini ta’lim jarayoniga tatbiq etishga qaratilgan ushbu mashg‘ulotlar bo‘lajak pedagoglarni maktablarda laboratoriyalar tashkil etish hamda fizika fanini tajribalar asosida o‘qitishga tayyorlashga xizmat qilmoqda.
Institutda nazariya, amaliyot va tadqiqotning uzviy bog‘liqligi ta’minlanishi — maktab ta’limi uchun bilimli, izlanuvchan va amaliy ko‘nikmalarga ega pedagoglarni tayyorlashning muhim asosidir.


