“Biz OITSga qarshimiz”
Guliston davlat pedagogika instituti Pedagogika va psixologiya kafedrasi hamkorligida, “IMKONIYAT” Respublika jamoat birlashmasi, “Oltin Qanot” volontyorlar assotsiatsiyasi va Sirdaryo viloyati OITSga qarshi kurashish markazi bilan birgalikda 1-dekabr — Butun jahon OITSga qarshi kurashish kuni munosabati bilan “Biz OITSga qarshimiz” shiori ostida seminar, trening va quiz o‘yinini tashkil etdi.
Tadbirda magistrlar faol ishtirok etdi va interaktiv mashg‘ulotlar, bilim sinovlari va savol-javoblar orqali OITSning oldini olish, profilaktika va sog‘lom turmush tarzi mavzulari keng yoritildi.
Har bir ishtirokchiga diplom va esdalik sovg‘alari taqdim etildi. Mazkur tadbir yoshlarda sog‘lom turmush tarzi, shaxsiy xavfsizlik va ijtimoiy mas’uliyatni mustahkamlashga qaratilgan samarali faoliyat sifatida yuqori baholandi.