Asosiy mazmunga o'tish

Guliston davlat pedagogika institutida Sayhunobod tumani 37-umumta’lim maktabi bitiruvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.

0 ko'rildi
Guliston davlat pedagogika institutida Sayhunobod tumani 37-umumta’lim maktabi bitiruvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.

Tadbir davomida bitiruvchilarga institutning fakultetlari, ta’lim yo‘nalishlari, zamonaviy o‘quv jarayoni, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Bitiruvchilar o‘quv auditoriyalari, laboratoriyalar, kutubxona, sport majmualari bilan yaqindan tanishishdi.

“Ochiq eshiklar kuni” bitiruvchilarga institut hayotini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rish, ta’lim muassasasi bilan yaqindan tanishish va kelajakdagi yo‘nalishini ongli tanlashda katta yordam bo‘ldi.

Shu mavzuda