GulDPI talabalari “Talaba yugur” ommaviy yugurish marafonida
0 ko'rildi

Guliston shahrida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda talaba yoshlarni jismoniy faollikka keng jalb etish maqsadida “Talaba yugur” ommaviy yugurish marafoni o‘tkazildi.
Guliston davlat pedagogika instituti talabalari marafonda faol qatnashib, o‘z kuchi, chidamliligi va irodasini sinovdan o‘tkazdi.
Erta tongdan boshlangan marafonda ishtirokchilar belgilangan yo‘nalish bo‘ylab 3 kilometr masofaga yugurdi. Institut yoshlari dadil qadamlari, shijoati va jamoaviy birdamligi bilan sog‘lom hayotga intilishini namoyon etdi.








