Ustozlarga ehtirom — sharafli mehnatga e’tirof
0 ko'rildi

🤩Guliston davlat pedagogika institutida 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan tantanali tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda institut rektorining professor-o‘qituvchilar va xodimlarga yo‘llagan bayram tabrigi o‘qib eshittirildi. Ta’lim-tarbiya jarayonida samarali faoliyat yuritayotgan, yoshlarni yetuk mutaxassislar etib tayyorlashga munosib hissa qo‘shayotgan ustozlarning mehnati alohida e’tirof etildi.
Bayram munosabati bilan tashkil etilgan konsert dasturida kuy-qo‘shiqlar va sahna chiqishlari namoyish etilib, ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi.
Tadbir yakunida bir qator professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar taqdirlandi.











