Asosiy mazmunga o'tish

Guliston davlat pedagogika instituti Aniq fanlar kafedrasida “Yosh dasturchilar” toʻgaragi — izchil davom etmoqda!

0 ko'rildi
Guliston davlat pedagogika instituti Aniq fanlar kafedrasida “Yosh dasturchilar” toʻgaragi — izchil davom etmoqda!

Raqamli zamon talabi — yangicha fikrlaydigan, texnologiyalarni puxta egallagan, ijodkor va tashabbuskor yoshlarni tarbiyalashdir. Shu maqsadda Guliston davlat pedagogika instituti Aniq fanlar kafedrasi tomonidan tashkil etilgan “Yosh dasturchilar” toʻgaragi muntazam ravishda faoliyat yuritib kelmoqda.

Toʻgarak mashgʻulotlarida talabalarga:
— dasturlash asoslari, algoritmlash va mantiqiy fikrlash;
— web-dasturlash, mobil ilovalar yaratish;
— sunʼiy intellekt va zamonaviy IT yo‘nalishlari;
— real loyihalar ustida ishlash bo‘yicha amaliy bilimlar berilmoqda.

Institutimizda raqamli savodxonlikni oshirish, iqtidorli yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish va IT yoʻnalishiga qiziqishini qoʻllab-quvvatlash borasidagi bunday tashabbuslar izchil davom etadi.

Shu mavzuda