Guliston davlat pedagogika institutida Viloyat prokuraturasi ishtirokida huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
0 ko'rildi
Uchrashuvda Viloyat prokuraturasi katta prokurori R.U.Mamirov ishtirok etib, talabalar bilan ochiq muloqot olib bordi. Tadbir davomida yoshlarga qonunchilikdagi dolzarb jihatlar, yoshlar hayotida uchrashi mumkin bo‘lgan huquqiy holatlar, ularning huquq va majburiyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Davra suhbati jonli savol-javoblar ruhida kechdi. Talabalarni qiziqtirgan savollarga malakali yuridik javoblar berildi, amaliy misollar orqali huquqiy ong va madaniyatni shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Bu kabi uchrashuvlar yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni ongli, mas’uliyatli va faol fuqaro sifatida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.