Asosiy mazmunga o'tish

Guliston davlat pedagogika institutida Adliya bo‘limi xodimlari ishtirokida “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” mavzusida ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

0 ko'rildi
Guliston davlat pedagogika institutida Adliya bo‘limi xodimlari ishtirokida “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” mavzusida ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

 Ushbu uchrashuvda yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, huquq va majburiyatlar to‘g‘risida aniq tushunchalar berish, ularni turli salbiy oqibatlardan asrash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan bolalar va yoshlar uchun taqdim etilgan davlat kafolatlari, huquqiy himoya mexanizmlari, shuningdek, zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha dolzarb tavsiyalar berildi.

Mazkur tadbir yoshlarning ongida huquqiy savodxonlikni mustahkamlash, ularni ijtimoiy hayotda faol, mas’uliyatli va qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.

Shu mavzuda