"Milliy g'oya va falsafa" kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan institut talabalariga “Termiziylar avlodimiz” shiori ostida davra suhbatlari o'tkazildi.
0 ko'rildi
Guliston davlat pedagogika instituti "Milliy g'oya va falsafa" kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan institut talabalariga “Termiziylar avlodimiz” shiori ostida davra suhbatlari o'tkazildi.
Tadbirning asosiy maqsadi allomalar merosini yoshlar ongiga singdirish, ularning asarlaridagi insonparvarlik, ilmga intilish, bag‘rikenglik kabi g‘oyalar orqali radikalizmga qarshi mafkuraviy immunitet hosil qilishdan iboratdir.
Termiz zaminidan yetishib chiqqan buyuk allomalar siymolari o‘z asarlarida insonni ezgulikka chorlagan, ilmni ulug‘lagan, jaholat va buzg‘unchi g‘oyalarni keskin rad etganlar. Ularning merosi yoshlar uchun nafaqat tarixiy faxr, balki bugungi kunda to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchi ma’naviy mayoq vazifasini bajaradi.