Guliston davlat pedagogika institutida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
0 ko'rildi

O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Salomov Uktam Rahimovich boshchiligidagi ishchi guruh Guliston davlat pedagogika institutida bo‘lib, 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati bilan tanishdi.
Tashrif davomida institut qozonxonalari va isitish tizimi ko‘zdan kechirildi. Mavsum uchun jamg‘arilgan ko‘mir zaxirasi, qozonxonalarning avtomatik boshqaruv tizimlari bilan jihozlangani hamda isitish tizimidan foydalanishda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi yuzasidan olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.
Mazkur ishlar kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, institut binolarida zarur haroratni saqlash hamda ta’lim jarayonining uzluksizligini ta’minlashga qaratilgan.









