Asosiy mazmunga o'tish

Institut ustozlari «Oliy ta’lim a’lochisi» va «Xalq ta’limi a’lochisi» ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi

0 ko'rildi
Institut ustozlari «Oliy ta’lim a’lochisi» va «Xalq ta’limi a’lochisi» ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi

🤩Guliston davlat pedagogika instituti ustozlari ta’lim sohasidagi samarali faoliyati, kasbiy mahorati va yosh avlod kamolotiga qo‘shayotgan munosib hissasi uchun ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 25-sentabrdagi 405-sonli buyrug‘iga asosan, institut professori, Gumanitar fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti dekani Komilov Jamoliddin Karimjonovich «Oliy ta’lim a’lochisi» ko‘krak nishoniga sazovor bo‘ldi.

Shuningdek, San’atshunoslik kafedrasi dotsenti O. Inoyatov hamda Pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsenti G. Isayeva «Xalq ta’limi a’lochisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.

Mazkur e’tirof — ustozlarning ko‘p yillik fidokorona mehnati, ta’lim-tarbiya yo‘lidagi mas’uliyati va kasbiga sadoqatiga berilgan yuksak bahodir. Ularning yutuqlari institut jamoasi uchun faxr, yosh pedagoglar uchun munosib ibratdir.

Institut jamoasi nomidan mukofot sohiblarini samimiy muborakbod etamiz!

Institut ustozlari «Oliy ta’lim a’lochisi» va «Xalq ta’limi a’lochisi» ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi — 2Institut ustozlari «Oliy ta’lim a’lochisi» va «Xalq ta’limi a’lochisi» ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi — 3

Shu mavzuda