Tarix unutilmaydi, xotira avlodlarni tarbiyalaydi
0 ko'rildi

🤩Guliston davlat pedagogika instituti Tillarni o‘qitish fakulteti talabalari ishtirokida “Xotira va tarbiya” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda Sirdaryo viloyati Qatag‘on qurbonlari muzeyi xodimi X. O‘rmonov qatag‘on qurbonlarining hayoti va taqdiri, xalqimiz boshidan kechirgan og‘ir sinovlar haqida ma’ruza qildi. Tarixiy voqealar orqali inson taqdiri, millat xotirasi va avlodlar oldidagi mas’uliyat masalalari yoritildi.Suhbat davomida ajdodlar xotirasini e’zozlash, ularning hayoti va faoliyatini o‘rganish hamda tarixiy haqiqatni yosh avlodga yetkazishga alohida e’tibor qaratildi. Bo‘lajak pedagoglar uchun bu bilimlar yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat va tarixga daxldorlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Ajdodlar xotirasini asrash — ularning taqdirini bilish va tarix saboqlarini kelajak avlodga yetkazishdan boshlanadi.




