Asosiy mazmunga o'tish

Kiberjinoyatga qarshi ogohlik — xavfsiz raqamli hayot asosi

0 ko'rildi
Kiberjinoyatga qarshi ogohlik — xavfsiz raqamli hayot asosi

🤩Guliston davlat pedagogika instituti Pedagogika fakultetida “Biz kiberjinoyatga qarshimiz!” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Talaba-yoshlarning kiberxavfsizlik bo‘yicha bilimlarini mustahkamlashga qaratilgan tadbirda internet firibgarligi, shaxsiy ma’lumotlar daxlsizligi hamda raqamli tahdidlardan himoyalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mutaxassislar tomonidan kiberjinoyatlarning oldini olish, internetdagi xavfli holatlarni aniqlash va xavfsizlik qoidalariga rioya etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Tadbir davomida raqamli makondagi beparvolik shaxsiy ma’lumotlar va moliyaviy xavfsizlikka tahdid tug‘dirishi ta’kidlanib, yoshlar internetdan foydalanishda ogohlik va mas’uliyatni oshirishga chaqirildi.

Ogohlik — himoya. Mas’uliyat — xavfsizlikdir.

Kiberjinoyatga qarshi ogohlik — xavfsiz raqamli hayot asosi — 2Kiberjinoyatga qarshi ogohlik — xavfsiz raqamli hayot asosi — 3Kiberjinoyatga qarshi ogohlik — xavfsiz raqamli hayot asosi — 4Kiberjinoyatga qarshi ogohlik — xavfsiz raqamli hayot asosi — 5

Shu mavzuda