Kiberjinoyatga qarshi ogohlik-talabalar xavfsizligi diqqat markazida
0 ko'rildi

🤩Guliston davlat pedagogika institutida barcha fakultet talabalari ishtirokida kiberjinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Guliston shahar IIBning mas’ul xodimlari talabalarga internet firibgarligidan himoyalanish, bank kartalari va mobil qurilmalar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tushuntirishlar berdi. Shaxsiy ma’lumotlarni asrash va raqamli tahdidlarga nisbatan hushyor bo‘lish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir davomida “APK Qo‘riqchi” mobil ilovasi hamda undan foydalanish imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi. Talabalarga internetdan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etish zarurligi tushuntirildi.
Kiberfiribgarlikka qarshi kurash har birimizning ogohligimizdan boshlanadi.











