Ustozlar mehnati — e’tibor va e’tirofda
0 ko'rildi

1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan Guliston davlat pedagogika instituti ma’muriyati va kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamkorligida bir qator professor-o‘qituvchilar hamda ishchi-xodimlar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Tadbirda professor-o‘qituvchilarning ta’lim sifatini yuksaltirish, malakali pedagog kadrlar tayyorlash va yosh avlodni tarbiyalashdagi xizmatlari alohida e’tirof etildi. Shuningdek, ishchi-xodimlarning institut faoliyatini samarali tashkil etish va jamoa uchun munosib mehnat sharoitlarini ta’minlashdagi hissasi qayd etildi.
Bayram munosabati bilan ko‘rsatilgan ushbu e’tibor institut rivojiga xizmat qilayotgan jamoa a’zolarining mehnatini qadrlash va ularni qo‘llab-quvvatlash ifodasi bo‘ldi.






