Qatag‘on qurbonlarining hayoti va faoliyatiga oid ilmiy-ijodiy tanlov yakunlandi

🤩Guliston davlat pedagogika institutida “Qatag‘on qurbonlarining hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan ilmiy maqolalar, yozma mulohazalar” tanlovining institut bosqichi yakunlandi.
Ishtirokchilar qatag‘on qurbonlarining hayoti va faoliyati, tariximizda tutgan o‘rni haqida ilmiy maqola hamda yozma mulohazalarini taqdim etdilar.
Tanlovning institut bosqichi natijalariga ko‘ra:
🥇-o‘rin — Noryigitova Sevinch Shoybek qizi, Tarix yo‘nalishi 3-kurs, 33-24-T guruh talabasi;
🥈-o‘rin — Xurramova Sevinch Jamshid qizi, Tarix yo‘nalishi 3-kurs, 33-24-T guruh talabasi;
🥉-o‘rin — Umurzoqov Bunyod Isoq o‘g‘li, Tarix yo‘nalishi 2-kurs, 22-25-T guruh talabasi.
Tanlov g‘oliblarini tabriklaymiz hamda ularning ilmiy izlanishlarida yangi yutuqlar va muvaffaqiyatlar tilaymiz.






