Matonat yosh tanlamaydi
0 ko'rildi

40 YOSHLI GULDPI TALABASI “ARAL ULTRA 2026” G‘OLIBI!
2026-yil 3–4-oktabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazilgan “ARAL ULTRA 2026” xalqaro ultramarafonida Guliston davlat pedagogika instituti Gumanitar fanlar va jismoniy madaniyat fakultetining 2-22-guruh talabasi Bahodir Ro‘ziyev faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi!
Talabamiz 40–49 yosh toifasida 15 kilometr masofaga yugurish bo‘yicha g‘olib bo‘ldi. Ushbu yutuq — puxta tayyorgarlik, qat’iyat va sport irodasining munosib natijasi. Uning muvaffaqiyati yuksak marralar sari intilish yosh tanlamasligining yorqin namunasidir.
Bahodir Ro‘ziyevni ushbu g‘alaba bilan samimiy tabriklaymiz hamda kelgusi musobaqalarda yangi zafarlar tilaymiz!






