O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.
Guliston davlat pedagogika institutida yurtimiz bosh qomusi — xalqimizning erkinligi, huquqlari va farovon hayoti kafolati bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.
1-bosqich 2-25 Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi magistrlari tashabbusi bilan “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etilib, magistrantlarning bilimdonlik, tafakkur va tezkor fikrlash qobiliyatlari sinovdan o‘tkazildi.
Natijalar quyidagicha:
1-o‘rin — Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) yo‘nalishi 1-bosqich 6-25 magistrlari
2-o‘rin — 2-25 Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi magistrlari
3-o‘rin — 3-25 Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi magistrlari
Mazkur intellektual bahs nafaqat bilim almashinuvi, balki Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyatini chuqurroq anglashga ham xizmat qildi.