Asosiy mazmunga o'tish

“Zo‘ravonliksiz hayot – har bir ayolning huquqi” mavzusida pedagogik-psixologik tadbir o‘tkazildi.

1 ko'rildi
“Zo‘ravonliksiz hayot – har bir ayolning huquqi” mavzusida pedagogik-psixologik tadbir o‘tkazildi.

Guliston davlat pedagogika institutida “Zo‘ravonliksiz hayot – har bir ayolning huquqi” mavzusida pedagogik-psixologik tadbir o‘tkazildi.

Tadbirning asosiy maqsadi talaba qizlar o‘rtasida oilaviy zo‘ravonlikning oldini olish, ayollar huquqlarini himoya qilish, zo‘ravonlik holatlariga befarq bo‘lmaslik va muammoga to‘g‘ri yondashish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat .

Tadbirda institut xotin-qizlar psixologi D.Egamberdiyeva tomonidan ayollar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha  zo‘ravonlikning turlari, uning psixologik oqibatlari hamda bunday holatlarda murojaat qilinadigan tashkilotlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, psixolog M.Xudoyqulova  tomonidan zo‘ravonlikni erta aniqlash, stressdan chiqish yo‘llari va emotsional qo‘llab-quvvatlash metodlari yoritildi.

Tadbir yoshlar orasida ijtimoiy faollikni oshirish, sog‘lom oilaviy munosabatlarni shakllantirish va ayollar huquqlarini himoya qilish borasida muhim ahamiyat kasb etdi.

Shu mavzuda