Asosiy mazmunga o'tish

Tasviriy san’at ta’lim yo‘nalishi magistrantlari tomonidan ijodiy rasmlar ko‘rgazmasini tashkil qilindi.

0 ko'rildi
Tasviriy san’at ta’lim yo‘nalishi magistrantlari tomonidan ijodiy rasmlar ko‘rgazmasini tashkil qilindi.

8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan Guliston davlat pedagogika instituti Gumanitar fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti, "San'atshunoslik" kafedrasining professor-o‘qituvchilari rahbarligida Tasviriy san’at ta’lim yo‘nalishi magistrantlari tomonidan ijodiy rasmlar ko‘rgazmasini tashkil qilindi.

Ko‘rgazmada magistrantlar tomonidan Konstitutsiyaning asosiy tamoyillari – inson huquqlari, erkinliklar, adolat va fuqarolik burchi mavzulari badiiy tasvirda aks ettirilgan asarlar namoyish etildi.

Tadbirning maqsadi yoshlar ongida huquqiy madaniyatni mustahkamlash, Konstitutsiya mazmun-mohiyatini san’at orqali targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi. Ko‘rgazma doirasida professor-o‘qituvchilar tomonidan Konstitutsiyaning ahamiyati bo‘yicha qisqa ma’ruzalar taqdim etildi.

Shu mavzuda