Tabiiy fanlar kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan ijara xonadonlarda istiqomat qilayotgan talabalar holidan xabar olindi.
Guliston davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Tabiiy fanlar kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan ijara xonadonlarda istiqomat qilayotgan talabalar holidan xabar olish bilan birgalikda ijara xonadonlaridagi sharoitlari oʻrganildi.
Oʻrganish davomida sovuq ob-havo kirib kelishi munosabati bilan isitish tizimlarining holati, ulardan xavfsiz va to‘g‘ri foydalanish qoidalari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, talabalarga yong‘in va texnika xavfsizligi talablariga qat’iy rioya etish, gaz va elektr jihozlaridan foydalanishda ehtiyot choralarini ko‘rish bo‘yicha tegishli yo‘riqnomalar bilan tanishtirildi.
Mazkur tadbir talabalarning yashash sharoitlarini yaxshilash, ularning xavfsizligini ta’minlash va kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noxush holatlarning oldini olishga qaratildi.